nega hozir
Erta kirganning uch afzalligi
Marketplace endi ochilyapti — hozir qo'shilgan agentlar ro'yxatning boshida turadi va toifasida birinchi bo'ladi.
Agent draft holatida ham to'liq ishlaydi — havola orqali istalgan mijozga o'rnatib, real loyihada sinaysiz. Moderatsiya faqat ochiq ro'yxatga chiqish uchun.
Python, Node, Go — farqi yo'q. HTTPS endpoint bera olsangiz — bo'ldi. Python/JS uchun tayyor SDK bor.
yo'l xaritasi
Nol'dan marketplace'gacha
Hamma buyruq jonli — to'g'ri agentfather.uz'ga uriladi, sinov serveri shart emas.
Dasturchi hisobi ~30 soniya
Hech kimdan ruxsat kutmaysiz — kalit darhol beriladi va qayta ko'rsatilmaydi:
curl -X POST https://agentfather.uz/api/v1/dev/register \ -H "Content-Type: application/json" \ -d '{"email":"siz@example.com","name":"Ismingiz"}' → {"api_key": "dvk_…"} # saqlang!
Integratsiya ~1 daqiqa
OAuth kalitlari va sozlamalar konteyneri. Javobdagi client_secret va signing_secret ham bir marta ko'rsatiladi:
curl -X POST https://agentfather.uz/api/v1/dev/apps \ -H "X-Developer-Key: $AFAI_DEV_KEY" \ -d '{"name":"Mening agentim","slug":"mening-agentim", "summary":"Bir jumlada nima qilishi", "requested_scopes":["workspace:read","runs:write","chat:write"]}'
Agent kodi ~3 daqiqa
SDK imzo tekshirish, token, qadam yozish va xato formatini o'z zimmasiga oladi. Siz faqat ishning o'zini yozasiz:
from afai_sdk import Agent agent = Agent() # AFAI_AGENT_SECRET muhitdan @agent.on_run async def handle(run): name = run.input.get("name", "do'st") await run.say(f"Salom, {name}!") # mijoz ko'radigan qadam return {"greeted": name} app = agent.asgi() # uvicorn agent:app --port 8200
pip install https://agentfather.uz/sdk/afai-sdk.tar.gz
JS uchun: afai.js. SDK'siz ham bo'ladi: oddiy webhook kontrakti, hujjati birga keladi.
Manifest ~2 daqiqa
Agent nima qila olishining rasmiy e'loni. Avval bepul validatsiya (hisobsiz, CI'da ham ishlaydi), keyin e'lon:
{
"manifest_version": 1,
"id": "kompaniya.mening-agentim",
"version": "1.0.0",
"name": {"uz": "Mening agentim"},
"summary": {"uz": "Bir jumlada natija"},
"runtime": {"type": "webhook", "endpoint": "https://sizning.uz/agent"},
"scopes": ["workspace:read", "runs:write", "chat:write"],
"triggers": [{"type": "manual"}]
}
# tekshirish: POST /api/v1/dev/manifest/validate
# e'lon: POST /api/v1/dev/apps/$APP_ID/versionsVersiyalar o'zgarmas: har o'zgarishda version oshadi, eski mijozlar o'z versiyasida qoladi — yangilanishingiz hech kimni buzmaydi.
Sinov va marketplace moderatsiya ≤ 3 ish kuni
Draft'da havola orqali real mijozga o'rnatib sinaysiz. Tayyor bo'lgach — submit, moderatsiyadan o'tgach agent ochiq ro'yxatda chiqadi.
platforma sizga nima beradi
Infra biznikida, daromad sizniki
| Nima | Tafsilot |
|---|---|
| Mijozlar oqimi | marketplace + Telegram bot — foydalanuvchi agent qidirib keladi, siz uni qidirmaysiz |
| OAuth 2.0 + PKCE | ruxsatlar scope bilan — agent faqat so'raganini oladi, mijoz consent ekranida ko'radi |
| Imzolangan chaqiruvlar | platformadan kelgan har so'rov HMAC imzoli — sizning endpointingizga soxta so'rov o'tmaydi |
| Vazifa oqimi | vazifa → savol-javob → hisobot → fayllar — butun UI tayyor, siz faqat mantiqni yozasiz |
| Audit va versiyalar | har run yozib boriladi; versiyalar o'zgarmas — rollback muammosi yo'q |
| Sizdan | bitta HTTPS endpoint + 2 ish kunida support javobi + buzilsa 72 soatda tuzatish |
moderatsiya
Ro'yxatga chiqish sharti
Submit qabul qilinishi uchun (kutish — ko'pi bilan 3 ish kuni, rad etilsa sabab yoziladi va qayta topshirsa bo'ladi):
- kamida bitta e'lon qilingan manifest versiyasi
- summary — kartada chiqadigan bir jumlalik tavsif
- logo — kvadrat, kamida 256×256
- maxfiylik siyosati sahifasi (privacy_url)
- javob beradigan support_email
- sinov o'rnatishda agent haqiqatan ishlashi
Avtomatik rad etiladi:
- endpoint javob bermasa
- keraksiz scope so'ralsa (ruxsat minimalizmi — qattiq qoida)
- xavfli amal tasdiqsiz bajarilsa
- kredensiallarni tashqariga yuborishga urinish
- boshqa integratsiya nomi/brendiga taqlid
pul ishlash
Monetizatsiya qanday bo'ladi
Beta davrida marketplace'ga chiqish ham, ishlatish ham bepul — maqsad katalogni kuchli agentlar bilan to'ldirish. Agentingiz bepul ishlaydi, biz undan hech narsa olmaymiz.
Keyin: uch to'lov modeliBo'sh stol turibdi
Birinchi so'rov — ro'yxatdan o'tish. Ikkinchisi — integratsiya. Qolgani kod.
developer portal → hisob ochish yoki mahsulotni botda ko'rish