Marketplace — e'lon qilish va moderatsiya

Integratsiya uch holatda bo'ladi:


draft ──submit──▶ in_review ──tasdiq──▶ published
  ▲                   │                     │
  └──── rad etish ─────┘         suspended ◀─┘  (qoida buzilsa)

draft holatida ham to'liq ishlaydi — havola orqali istalgan mijozga o'rnatsa bo'ladi. Moderatsiya faqat marketplace ro'yxatiga chiqish uchun. Bu ataylab: dasturchi kutib o'tirmasin, mahsulotni real mijoz bilan sinasin.


1. Chiqish talablari

POST /api/v1/dev/apps/{id}/submit quyidagilarsiz qabul qilmaydi:

  • [ ] Kamida bitta e'lon qilingan manifest versiyasi
  • [ ] summary — bir jumlalik tavsif (kartada chiqadi)
  • [ ] logo_url — kvadrat, kamida 256×256, PNG/JPG/SVG
  • [ ] privacy_url — maxfiylik siyosati
  • [ ] support_email — javob beradigan manzil
  • 2. Moderatsiya nimaga qaraydi

    MezonNima tekshiriladi
    Scope minimalizmiSo'ralgan har bir ruxsat haqiqatan kerakmi. Keraksizi bo'lsa rad etiladi
    Tavsif haqiqiyligiAgent yozilganidan boshqa ish qilmaydimi
    IshlashiSinov o'rnatish → manual trigger → natija keladimi
    XatolarXato holatida tushunarli xabar qaytadimi (traceback emas)
    Xavfli tool'lardangerous amallar tasdiq so'raydimi
    MaxfiylikQanday ma'lumot yig'ilishi va qayerga ketishi yozilganmi
    BrendBoshqa kompaniya nomi/logotipi ruxsatsiz ishlatilmaganmi
    SurfaceSahifa AFAI ichida buzilmay ochiladimi, mavzuga moslashadimi

    Muddat: 3 ish kunigacha. Rad etilsa sabab review_note da keladi va tuzatib qayta yuborsa bo'ladi.

    3. Avtomatik rad etish sabablari

  • Manifest validatsiyadan o'tmasa.
  • runtime.endpoint javob bermasa.
  • risk: dangerous + confirm: never (manifest darajasida taqiqlangan).
  • Kredensiallarni AFAI'dan tashqariga yuborishga urinish.
  • Boshqa integratsiyaning nomi/slug'iga taqlid qilish.
  • 4. Kartani yaxshi yozish

    Yomon: «AI-powered automation platform for enterprise workflows»

    Yaxshi: «Telegram guruhidagi buyurtmalarni avtomatik hisob-fakturaga aylantiradi»

    Qoida: mijoz kartani o'qib nima o'zgarishini tushunsin. Uch savolga javob bering — kim uchun, nima qiladi, qanday natija.

    5. Nashrdan keyin

    AmalTa'siri
    Yangi versiya e'lon qilishYangi mijozlar yangisini oladi; eskilari o'z versiyasida qoladi
    Yangi scope qo'shishMijoz qo'shimcha consent ekranini ko'radi
    client_secret rotateBarcha access tokenlar bir zumda o'ladi
    Integratsiyani o'chirishMijozlarga 30 kun oldin xabar berish shart

    6. To'xtatish (suspended)

    Platforma quyidagi holatlarda integratsiyani to'xtatadi:

  • xavfsizlik hodisasi (sir sizib chiqishi, ruxsatdan chetga chiqish);
  • mijozlardan ko'p shikoyat;
  • uzoq muddat ishlamay qolgan endpoint;
  • moderatsiyada aytilgan narsadan boshqa ish qilish.
  • To'xtatilganda barcha tokenlar ishlamay qoladi va sabab suspended_reason da yoziladi. Tiklash uchun — Developer Portal → agent → moderator bo'limi (GET|POST /api/v1/dev/apps/{id}/messages). Yozishma agentga bog'langan, shuning uchun qaror ham, sabab ham bir joyda qoladi.

    7. Reyting va otzivlar

    Baho faqat mijozdan keladi va uni dasturchi o'zgartira olmaydi:

  • otziv qoldirish uchun agentni o'rnatgan bo'lish shart (installation bor);
  • bitta tashkilot — bitta otziv, qayta yuborsa tahrirlanadi;
  • mijoz fikrini o'zgartirsa, dasturchining eski javobi avtomatik o'chadi —
  • u endi boshqa gapga javob bo'lib qolmasin;

  • dasturchi javob yozsa, mijozga bildirishnoma boradi;
  • moderator haqoratni yashiradi (o'chirmaydi) — yashirilgani o'rtacha
  • bahodan ham chiqadi, qaror qaytarilsa qaytib qo'shiladi.

    Portal: «Otzivlar» bo'limi sukut bo'yicha javob kutayotganlarini ko'rsatadi.

    8. Monetizatsiya

    Hozircha marketplace bepul: joylash ham, ishlatish ham. To'lov tizimi qurilmagan — na narx maydoni, na hisob-kitob, manifestda pricing degan maydon ham yo'q (validator uni oddiygina e'tiborsiz qoldiradi). Rejadagi modellar: bir martalik, oylik obuna, ish (run) bo'yicha. Sana va'da qilinmaydi.

    9. Qo'llab-quvvatlash majburiyati

    E'lon qilingan integratsiya uchun:

  • mijoz otzivlariga 2 ish kuni ichida javob (Portal → Otzivlar);
  • buzilib qolganda 72 soat ichida tuzatish yoki mijozlarga xabar;
  • API o'zgarishlari haqida ogohlantirish.
  • Bajarilmasa integratsiya ro'yxatdan tushiriladi.